Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
Ukraina bo‘ylab yangi raketa zarbalari, ovqatga navbatda turgan buchaliklar. Urushning 54-kuni suratlari
Ukrainada urush boshlanganidan buyon 54 kun o‘tdi. Lvov bombalandi. Xarkov ham (snaryadlar bolalar maydonchasi va insonparvarlik yordamlari tarqatiladigan punktlarga kelib tushgan). Buchada hamon svet yo‘q, gaz va ichimlik suvi ham. Mariupolda «Azovstal» kombinatida mingdan ortiq kishi qamalib qolgan — Volodimir Zelenskiy agar ular halok bo‘lsa, Kiyev Moskva bilan muzokaralarni to‘xtatishini ma’lum qilgan.
Lvovda raketa zarbalaridan keyingi tutun. RF mudofaa vazirligi «xorijliklar yetkazib bergan yirik partiyadagi qurollar saqlanayotgan» logistika markaziga zarba berilganini ma’lum qilgan. Lvov oblasti rasmiylariga ko‘ra, harbiy obektlar bilan birga fuqarolik obektlariga ham raketalar kelib tushgani va 7 kishi halok bo‘lib, 11 kishi yaralangani, ulardan biri bola ekanini ma’lum qilgan.
Matthew Hatcher / SOPA Images / ZUMA Press WireO‘t o‘chiruvchilar Lvovga qilingan hujum vaqtida yakson etilgan shinomontajda yong‘inni o‘chirishmoqda.
Mykola Tys / AP / Scanpix / LETABuchalik kishi yakson etilgan Rossiya texnikalarini ko‘zdan kechirmoqda. U, nogiron rafiqasi va o‘g‘li rossiyaliklar shaharni ishg‘ol qilgan vaqtda yerto‘lada yashiringan.
John Moore / Getty ImagesO‘yinchoq miltiq ko‘targan bola Chernigov yaqinida yo‘q qilingan Rossiya texnikasi oldida.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETAO‘t o‘chiruvchi Rossiya artilleriyasi zarbalari vaqtida yonib ketgan garajga kirishga urinmoqda. Xarkov
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETAO‘z otasi jasadi boshida yig‘layotgan ayol. Xarkov
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETABuchalik ayollar Qizil Xoch jamiyati tomonidan oziq-ovqat tarqatilishi vaqtida navbatda turibdi.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETAAyol qo‘shnisiga choy tayyorlab bermoqda. U suvni hovlidagi o‘choqda qaynatgan. Buchada hamon elektr ta’minoti, suv va gaz yo‘q.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETAUkraina xavfsizlik xizmati harbiysi Rossiya bilan hamkorlik qilishda gumonlanuvchining uyiga kirmoqda, Xarkov
AP Photo/Felipe DanaRossiya bilan hamkorlik qilishda gumonlangan kollabratsionist Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qo‘lga olindi
AP Photo/Felipe DanaGostomelda Ukraina IIV sapyori portlamay qolgan snaryadlar, granatalar va boshqa qurilmalarni to‘plamoqda
AP Photo/Efrem LukatskyKramatorsk shahriga 18 aprel tongida berilgan raketa zarbalaridan keyingi oskolkalar
Carolyn Cole / Los Angeles Times / Getty ImagesLugansk oblastidagi Rubejnoye hududiga hujum oqibatlari. Fotosurat Novodrujyesk posyolkasida olingan
Ronaldo Schemidt / AFP / Scanpix / LETAMariupoldagi «Azovstal» zavodi. Shahar politsiyasi ma’lum qilishicha, zavod hududida ming nafar atrofida tinch aholi vakillari boshpana topgan. RF mudofaa vazirligi zavodda 2,5 ming atrofida ukrain harbiysi borligini bildirgan. Volodimir Zelenskiy agar «Azovstal»dagilar o‘ldirilsa, Kiyev Moskva bilan muzokaralarni to‘xtatishidan ogohlantirgan.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETAMariupoldagi Ilich nomidagi metallurgiya zavodi shiddatli janglardan keyin. Shaharda qarshilik ko‘rsatishda davom etayotgan himoyachilarining so‘nggi o‘choqlaridan biri bir necha kun oldin rossiyaliklar tomonidan egallandi. Orqa fonda «Azovstal» zavodi ustida ko‘tarilgan tutun
AP Photo/Alexei AlexandrovIlich nomidagi metallurgiya zavodida yonib ketgan avtomobillar. Zavod himoyachilari bir oydan ortiq qarshilik ko‘rsatgach, yengildi.
AP Photo/Alexei AlexandrovDXR ayirmachilari harbiylari Ilich metallurgiya zavodi hududidagi tunnelda ukrainalik harbiylarning paketga o‘ralgan jasadlarini ko‘zdan kechirmoqda. Foto: AP /Alexei AlexandrovChechenlarning «Axmat» batalon jangchilari Ilich nomidagi Mariupol metallurgiya kombinati hududida. Bir necha kun oldin RF mudofaa vazirligi kombinat «ukrain natsionalistlari»dan to‘la ozod etilgani haqida xabar bergandi. Anatoliy Jdanov / Kommersant’Rossiya harbiy texnikalari Mariupol sharqida Donbassdagi ayirmachilar nazoratiga o‘tgan hududdagi shosse bo‘ylab harakatlanmoqda
AP Photo/Alexei AlexandrovKiyev muzeyi eksponatlarni xavfsiz joyda saqlash uchun jo‘natgan.
Oleksiy Samsonov / Kyiv City State Administration