O‘zbekiston | 12:05 / 20.04.2022
19233
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

27-29 aprel kunlari Toshkentda «UzTextile Expo Bahor 22» xalqaro ko‘rgazmasi o‘z eshiklarini ochadi

Foto: UzTextile Expo 

Har yili tayyor kiyimlarni tikish bo‘yicha ko‘proq global kompaniya va brendlar «MADE IN UZBEKISTAN» belgisi ostidagi mahsulotlarni afzal ko‘rmoqda. O‘zbekiston kompaniyalari eksport sur’atlarini faol oshirmoqda. Masalan, 2021 yilda 1250 ta korxona eksport faoliyatini amalga oshirib, 3 milliard AQSh dollaridan ortiq mahsulot eksport qilindi. Mamlakat 2021 yilda GSP+ imtiyozli dasturining benefitsiari maqomini qo‘lga kiritib, shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlarini Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa bozorlariga eksport qilish bo‘yicha qator imtiyozlarga ega bo‘lgan holda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport hajmini faol oshira boshladi. Cotton Campaign yaqinda O‘zbekiston paxtasidan tayyorlangan mahsulotlarni sotib olishga boykotni bekor qildi va mamlakat tekstilchilari bundan ijobiy o‘zgarishlarni kutishmoqda.

O‘zbekiston tekstilchilari va tikuvchilarining barcha kuchli tomonlarini namoyish etish imkonini beruvchi bosh va eng kutilgan ko‘rgazma tadbiri 2022 yilning 27-29 aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

To‘qimachilik va moda sanoatining navbatdagi «UzTextile Expo Bahor 22» xalqaro ko‘rgazmasi Markaziy Osiyodagi hamkorlar bilan yuzma-yuz uchrashish va hamkorlikning keyingi istiqbollarini muhokama qilishga yordam beradi.

Tashrif uchun saytda onlayn ro‘yxatdan o‘ting https://bit.ly/Textile_Kun

Ko‘rgazma O‘zbekiston to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj sanoatining ilg‘or ishlanmalari va texnologiyalarini, kiyim-kechak va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishdagi dolzarb tendensiyalarni namoyish etuvchi yutuqlarining eng muhim soha namoyishi hisoblanadi. Xalqaro darajadagi tadbir yana bir bor to‘qimachilik sanoatining Markaziy Osiyo va jahon yetakchilarining texnologik zanjiri – kalava ipdan tayyor kiyim-kechak va aksessuarlargacha bo‘lgan yutuqlari va yangiliklari bilan tanishtiradi.

O‘zbek paxtasidan tayyorlangan mahsulotlar keng assortimentda namoyish etiladi: kalava ip, matolar, trikotaj matolar, noto‘qima gazlamalar, gilam qoplamalari, erkaklar, ayollar va bolalar kiyimi, uy to‘qimachilik mahsulotlari va ko‘plab boshqalar. Ko‘rgazmada O‘zbekistonning 90 ta ishlab chiqaruvchilari – flagmanlar va paxta-to‘qimachilik klasterlaridan tortib, eng talabchan xaridorlarning ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun kichik biznes sub’yektlarigacha ishtirok etadi.

Ko‘rgazmada Turkiya va Belarus Respublikasi ishlab chiqaruvchilarining Milliy pavilonlari, Hindiston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning jamoaviy stendlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ko‘rgazmada jami 9 davlatdan (Belarus Respublikasi, Germaniya, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Tojikiston, Turkiya va O‘zbekiston) 120 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etadi.

«UzTextile Expo» ko‘rgazmasi 2006 yilda «Textile Expo Uzbekistan» savdo belgisi ostida tashkil etilganidan buyon ko‘p yillar davomida ko‘plab mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashish va sohaning so‘nggi yangiliklari bilan tanishish uchun asosiy maskan bo‘lib kelmoqda. Tadbir sohadagi yetakchi idora – «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Tadbir tashkilotchisi: Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Group.

UzTextile Expo Bahor 22 barcha Iteca Exhibitions tadbirlari kabi O‘zbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan sanitariya-epidemiologik me’yorlari va qoidalari talablariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling: 71 205 14 14, www.textileexpo.uz

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish