Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5ta toifadagi xususiy tashkilotlarga “Elektron hukumat” ma’lumotlaridan foydalanish huquqi beriladi
Banklar, sug‘urta tashkilotlari, telekommunikatsiya tashkilotlari, xususiy klinikalar va ta’lim muassasalari “Elektron hukumat” tizimi ma’lumotlaridanr foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Bu tashkilotlarga shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish talabi qo‘yiladi.
O‘zbekistonda 2022 yil 1 sentabrdan boshlab, fuqarolar va xususiy sektorga qulaylik yaratish maqsadida ayrim toifadagi xususiy tashkilotlarga “Elektron hukumat” tizimi orqali olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Prezident farmoniga ko‘ra, ushbu nodavlat tashkilotlarning toifadagi quyidagilar:
- tijorat banklari;
- telekommunikatsiya tashkilotlari;
- xususiy tibbiyot muassasalari;
- nodavlat ta’lim tashkilotlari;
- sug‘urta tashkilotlari.
Belgilanishicha, “Elektron hukumat” tizimidan foydalanishga ruxsat berilgan nodavlat tashkilotlar shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish hamda uchinchi shaxslarga ma’lum qilmaslik bo‘yicha zarur tashkiliy va texnik choralarni ko‘rishi shart.
Bunda, shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etish tegishli litsenziyaning talab va shartlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, 2022 yil 1 iyuldan boshlab kommunal tashkilotlar tomonidan aholi va tadbirkorlik sub’yektlaridan o‘nlab turdagi ma’lumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “O‘zsuvta’minot” AJ va “Toshissiqquvvati” DUKka AKT vazirligi bilan birgalikda 2022 yil 1 iyunga qadar o‘z axborot tizimlarining “Elektron hukumat” tizimi doirasida ishlovchi Raqamli ma’lumotlar platformasiga integratsiya qilinishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Mavzuga oid
19:22 / 20.05.2025
Huquqiy eksperiment tariqasida Apellyatsiya kengashi tashkil etiladi
18:33 / 12.05.2025
Ijtimoiy himoya qilinadigan oilalar ko‘lami kengaytiriladi
12:24 / 24.03.2025
Gaz, svet va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish uchun murojaat qilish tartibi bekor qilindi
16:16 / 15.02.2025