Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OChL. «Nasaf» yana ustunlikka erishgan o‘yinida g‘alaba qozona olmadi, «As Sadd» yutqazdi
Osiyo Chempionlar Ligasida 4-tur o‘yinlari yakunlandi.
«Nasaf» (5) mezbon «Al Faysali»ga (8) qarshi ikkinchi o‘yinda ham ustunlikka erishganiga qaramay, raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi. Zarbalar soni — 11:2.
Berdiyev jamoasi durang orqali 2-o‘ringa chiqib oldi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida «Al Vihdat» (4) kutilmaganda «As Sadd»dan (4) ustun keldi.
OChL. Ye guruhi. Saudiya Arabistoni
4-tur. 19 aprel
Al Faysali — Nasaf 0:0
Al Faysali — Mustafo Malaeka, Muhammad Al Amri (Xolid Al Kabi, 62), Hicham Faik, Ismoil Lima, Martin Boyl, Husayn Salim, Solih Al Qumayzi, Julio Tavares, Yasin Barnavi, Abdulrahmon Ad Dosari (Muhammad As Sayyori, 79), Volid Al Ahmad
Nasaf — Abduvohid Nematov, Alibek Davronov, Husniddin Aliqulov, Sharof Muhitdinov (Semir Smaylagich, 76), Dilshod Saitov, Ivan Solovev (Suhrob Nurulloyev, 26), Husayn Norchayev, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Marko Stanoyevich (Barhrom Abdurahimov, 86), Umar Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Volid Al Ahmad (19), Muhammad As Sayyori (90+2).
Al Vihdat — As Sadd 3:1
Gollar: Ad Dumayri (48), Assam (60), Samir (75) — Tabata (54).
Mavzuga oid
00:00 / 24.10.2024
OChL-2. «Nasaf» Iordaniyada mag‘lubiyatga uchrab, guruhida 3-o‘ringa tushdi
21:35 / 05.12.2023
Ronaldu O‘zbekistonga kelishi mumkin. OChL 1/8 final savatchalari ma’lum
21:19 / 19.09.2023
OChL. «Paxtakor» turnirni «Al-Ayn»dan uchralgan yirik mag‘lubiyat bilan boshladi
00:24 / 28.04.2022