Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada Kinder mahsuloti bilan bog‘liq ilk salmonellyoz kasalligi holati aniqlandi
Xabar qilinishicha, Ispaniya sog‘liqni saqlash organlari salmonellyoz bilan bog‘liq yana ikkita holatni o‘rganmoqda.
Ispaniyada Kinder mahsuloti bilan bog‘liq ilk salmonellyoz kasalligi holati aniqlandi, deb xabar berdi Mundo gazetasi.
Gazetaning qayd etishicha, Yevropa kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi Ispaniyadagi ilk holat haqida xabar qilgan.
Xabar qilinishicha, Ispaniya sog‘liqni saqlash organlari salmonellyoz bilan bog‘liq yana ikkita holatni o‘rganmoqda.
Ikki hafta avval Ispaniya oziq-ovqat xavfsizligi agentligi Belgiyada tayyorlangan Kinder mahsulotlarini sotuvdan olishni buyurgandi.
Aprel boshlarida Yevropada Kinder mahsulotlari bilan bog‘liq deb taxmin qilingan 100dan ortiq salmonellyoz kasalligiga chalinish holatlari qayd etilgani xabar qilingandi.
Belgiya oziq-ovqat xavfsizligi agentligi Arlon shahridagi Kinder mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Ferrero shokolad fabrikasi faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ygan.
Mavzuga oid
20:24 / 14.12.2024
Qaysi mamlakat iqtisodiyoti 2024 yilda eng yaxshi natijalarga erishdi?
19:10 / 28.06.2024
Mavsumiy xastalik: nega yozda salmonellyozga chalinish ko‘payadi?
10:20 / 14.06.2024
O‘zbekiston va Ispaniyaning xususiy yuk tashuvchi aviakompaniyalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
14:21 / 31.05.2024