Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bavariya» «Der Klassiker»da g‘alaba qozonib, qatorasiga 10-bor Bundesliga chempioniga aylandi
Germaniya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda - «Der Klassiker»da peshqadam «Bavariya» 2-o‘rindagi «Borussiya» Dortmundni (63) qabul qilib, Gnabri, Levandovski va Musialaning golllari evaziga g‘alaba qozondi. Yagona javob to‘pini Jan penaltidan kiritdi.
Natijada Myunxen klubi ochkolarini 75taga yetkazib, turnir yakuniga uch tur qolganida navbatdagi chempionlikni qo‘lga kiritdi. Jamoa o‘z tarixida 32-bor, qatorasiga 10-marta Bundesliga g‘olibiga aylandi.
Bundesliga. 31-tur
Bavariya — Borussiya D 3:1
23 aprel, «Alyans Arena»
Gollar: Gnabri (15), Levandovski (34), Musiala (83) — Jan (52, penalti).
Bavariya – Noyyer, Pavar, Ernandes, Upamekano, Devis, Goretska, Gnabri (Musiala, 63), Kimmix (Zyule, 90+3), Myuller (Zabitser, 82), Levandovski (Shupo-Moting, 90+3), Koman (Sane, 82).
Borussiya D – Hits, Akanji, Zagadu, Gerreyru, Jan, Brandt, Reyner (Bayno-Gittens, 67), Bellingem, Volf (Passlak, 88), Roys, Holand (Mukoko, 88).
Ogohlantirish: Jan (40).
Mavzuga oid
07:58 / 05.05.2025
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
12:21 / 09.04.2025
«Inter» «Bavariya»ni qarshi hujumlarda jazoladi
03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi
14:17 / 30.01.2025