O‘zbekiston | 08:44 / 23.04.2022
13422
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri kelishi aytildi

O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga o‘rtacha 78,9 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga ortgan (2021 yil 1 aprel holatiga - 1 kvadrat kilometrga 77,3 kishi).

2022 yilning 1 aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi 35 433 772 kishini tashkil etmoqda. Shahar joylarda – 18 mln kishi, qishloq joylarda – 17,4 mln kishi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid