O‘zbekiston | 08:36 / 23.04.2022
5337
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalar o‘rtasida intellektual olimpiada tashkil etiladi. G‘oliblar kadrlar zaxirasiga kiritiladi

Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida intellektual olimpiadani tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar:

  • oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida intellektual olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi;
  • oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida intellektual olimpiadani o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Tashkiliy qo‘mita:

  • intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishi, sohasi, mutaxassisligidan qat’i nazar, respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalarini jalb etish choralarini ko‘radi;
  • umumjamoa hisobida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalarini rag‘batlantirish, shu jumladan O‘zbekiston prezidenti sovg‘asi topshirilishini ta’minlaydi;
  • intellektual olimpiadaning g‘olib va sovrindorlarini o‘z mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar zaxirasiga kiritish uchun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etib boradi;

Belgilanishicha, intellektual olimpiadani o‘tkazish bilan bog‘liq:

  • jamoalarning yashash va transport xarajatlari ushbu jamoa a’zolari ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan;
  • g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarni rag‘batlantirish xarajatlari O‘zbekiston prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Yoshlar ishlari agentligi orqali Davlat budjetidan “Zakovat” intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkilotiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid