Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy va Nijyegorod viloyatlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Navoiy viloyati va Rossiyaning Nijyegorod viloyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Toshkentda o‘tayotgan “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida Navoiy viloyatidan 30 dan ortiq sanoat korxonasi o‘zlarining 100 dan ortiq mahsulotlari bilan qatnashmoqda.
Hokimlik axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, ko‘rgazmaning ilk kunida Navoiy viloyati va Rossiyaning Nijyegorod viloyati vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilgan. Unda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan.


Muzokaralar yakunida Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov hamda Nijyegorod viloyati gubernatori Gleb Nikitin tomonidan ikkala hudud o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan. Memorandumga ko‘ra viloyatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi
16:51 / 02.04.2025