Jahon | 13:40 / 25.04.2022
31055
6 daqiqa o‘qiladi

Uyga qaytayotgan kiyevliklar, Buchada yangi qabrlar. Urush suratlari

Urushning 60-kunida Ukrainaga AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va mamlakat mudofaa vaziri Lloyd Ostin keldi. YeXHT Donetsk va Luganskdagi xodimlari asirga olinganini ma’lum qildi. Litva YeIga Ukrainaga bosqinni yoqlagan patriarx Kirillga qarshi sanksiyalar qo‘llashni taklif etdi. Rossiyada o‘tgan dam olish kunlarida urushga qarshi aksiyalarda ishtirok etgan kamida 20 kishi qo‘lga olingan.

Mariupoldagi o‘qqa tutilgan binoda Ukraina gerbi.
Petr Kovalev / TASS

Ukrainada urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • Mariupol aholisini evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘lak ochishga bo‘lgan navbatdagi urinish barbod bo‘ldi. Bu yo‘lak orqali «Azovstal» zavodidagilardan tashqari barcha mariupolliklarni olib chiqishni nazarda tutgandi.
  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Davlat departamenti va Pentagon rahbarlari bilan uchrashdi. AQSh Kiyevga yana 713 mln dollarlik qo‘shimcha harbiy yordam va’da qildi. Bundan tashqari, yaqin vaqtlar ichida AQShning Ukrainadagi yangi elchisi tayinlanadi, amerikalik diplomatlar bosqichma-bosqich Kiyevga qayta boshlaydi.
  • FT xabariga ko‘ra, Vladimir Putin Ukraina bilan urushni to‘xtatish va tinchlik bitimi tuzish g‘oyasidan voz kechgan, u Ukraina shimolida muvaffaqiyatsiz yurishlardan keyin mart oyi oxirida bunga rozi edi. Ammo Ukraina «Moskva» kreyserini cho‘ktirib yuborgach, u muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish g‘oyasidan hududlarni bosib olish strategiyasiga o‘tgan.
  • Rossiya harbiylari sharqiy frontda yurish qilishda davom etmoqda.
  • Ukrainaning ayrim shaharlarida tongda havo trevogalari yangradi. «Lvovliklar, boshpanalarda qoling. Havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlamoqda», deya yozgan ma’muriyat rahbari Maksim Kozitskiy.
  • Urush boshidan buyon Ukrainada 215 nafar bola halok bo‘lgan.
  • Yevroittifoq Rossiya energiya resurslarining yirik iste’molchisi bo‘lgan Yevropaga kuchli zarba bermaydigan shaklda neft embargosi joriy etish haqida o‘ylamoqda.
  • Rossiyaning AQShdagi elchisi Rossiya AQShga Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni talab qilib nota yuborganini ma’lum qildi.
Baxmutda pasxa nishonlanishi, Donetsk oblasti
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar Odessadagi turar joy binosida ishlamoqda, 24 aprelga o‘tar kechasi bu yerga raketa kelib tushgan. Bu hujum oqibatida kamida sakkiz kishi, jumladan 3 oylik chaqaloq hujum qurboni bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirligi hujum nishoni qurollar saqlanadigan harbiy aerodromdagi logistika terminali bo‘lganini aytgan. Foto: Anastasia Vlasova / Getty Images
Kiyevdagi nazorat-o‘tkazish punkti.
John Moore / Getty Images
Lvovda halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik devori. Shahar boshqa hududlardan ko‘chib kelgan 200 mingdan ortiq odam uchun boshpanaga aylangan, biroq bir hafta oldin shaharda raketa hujumi oqibatida yetti kishi halok bo‘lgandi.
Leon Neal / Getty Images
«DXR xalq militsiyasi»ning harbiy texnikasi Mariupoldagi ko‘chalardan birida. Shahar hozirda rossiyalik harbiylar tomonidan egallab olingan
Petr Kovalev / TASS
Mariupoldagi ko‘cha bo‘ylab harakatlanayotgan rus tanklari va Z ramzi tushirilgan «Matiz»
AP Photo/Alexei Alexandrov
Mariupol ko‘chalaridan birida vayron qilingan tank va yonib ketgan avtomobil oldida Z ramzi tushirilgan yana bir avtomobil
AP Photo/Alexei Alexandrov
Irpen, Kiyev oblasti. Foto: Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Kiyev oblasti Peremoga qishlog‘ida hujumga uchragan ibodatxonada pasxa nishonlayotgan dindorlar. Bu qishloqda 1944 yilda ro‘y bergan yirik yong‘indan omon qolgan yagona bino bo‘lgan.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Buchada yangi qabrlar. Rossiya armiyasi Kiyev oblastidan olib ketilgach, mahalliy aholi vakillaridan 900 kishining jasadi aniqlangan
Andrii Nesterenko / EPA / Scanpix / LETA
Zaporojyeda yakshanba ibodatiga yig‘ilganlar
Chris McGrath / Getty Images
Mariupolliklar DXR kuchlari nazoratiga o‘tgan hududda o‘rnatilgan chodirda dush qabul qilish uchun navbat kutmoqda
AP Photo/Alexei Alexandrov
Ukrain harbiy shifokorlari yaralangan harbiy xizmatchini olib ketmoqda, Donetsk oblasti
AP Photo/Evgeniy Maloletka
Ota o‘g‘li bilan yonib ketgan Rossiya harbiy texnikalarini ko‘zdan kechirmoqda, Kiyev oblastidagi Dmitrovka qishlog‘i
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi xiyobonda dam olayotgan odamlar
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Mahalliy aholi pasxa kulchalari va tuxumlarini tabarruk qilish uchun olib kelmoqda, Odessa
Anastasia Vlasova / Getty Images
Ikki oylik ayriliqdan keyin Kiyev vokzalida uchrashgan oila. Shahar aholisi evakuatsiya qilingan joylaridan uyiga qaytmoqda
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Liman shahri atrofida turgan ukrain askarlari, Donetsk oblasti. Shahar atrofida janglar ketmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Limandagi barrikadaga o‘rnatilgan Ukraina gerbi 
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

 

Азиз Қаршиев
Muallif Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid