Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat investitsiyalarini boshqarish tizimi takomillashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish va davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat Xalqaro valuta jamg‘armasining davlat investitsiyalarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari va O‘zbekistonning davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash to‘g‘risida (PIMA) hisobotni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- budjet tizimi budjetlari hisobidan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan obektlar (loyihalar) amalga oshirilishini monitoring qilish to‘g‘risidagi nizom.
2022 yil 1 iyunga qadar budjet tizimining kapital qo‘yilmalari hisobidan obektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarining manzilli ro‘yxatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashning maxsus avtomatlashtirilgan elektron tizimini yaratish va uni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilish ishlari yakunlanadi.
2022 yil 1 avgustga qadar ishlab chiqilgan maxsus elektron tizimni tajriba tariqasida Toshkent shahar hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK orqali sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025