Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi muzeylardan 3 mingdan ortiq noyob madaniy boyliklar talon-toroj qilingan
O‘zbekistonda 30 yilda madaniy meros obektlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 trln so‘mdan oshgan. 14 ta muzeyda 3 mingdan ziyod nodir va noyob madaniy boyliklar talon-toroj qilingan, 81 ta madaniy boylik qalbakilariga almashtirib qo‘yilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega muzeylar faoliyatini samarali tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tekshirishlarda respublika bo‘yicha 14 ta muzeyda 3 mingdan ziyod nodir va noyob madaniy boyliklar talon-toroj qilingani aniqlangan.
Jumladan, Buxoro davlat muzeyida jami 31,5 milliard so‘mlik 81 ta madaniy boyliklar qalbakilariga almashtirib qo‘yilgani aniqlangan. “Ichan-Qal’a” davlat muzey fondida jami 101 ta muzey ashyolari asliga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ldi.
Umuman, 30 yilda madaniy meros obektlariga yetkazilgan zarar miqdori 4 trillion so‘mdan oshgan.
Shu bois, bosh prokuror va turizm vaziri boshchiligidagi komissiyaga:
- barcha muzeylar eksponatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, yil yakuniga qadar ularning elektron bazasini yaratish;
- muzeylar rahbar va xodimlarining bilim va malakasini baholab, lavozimiga noloyiq rahbarlar o‘rniga bilimli, halol va tadbirkor yoshlarni qo‘yish topshirildi.
“Bundan buyon muzeylardagi sharoitlarga viloyat hokimlari javobgar bo‘ladi”, dedi prezident.
Mavzuga oid
10:12 / 15.05.2025
Toshkent viloyatida 13 ta tarixiy yodgorlikka zarar yetkazildi
08:07 / 12.05.2025
Vazirlar Mahkamasi binosi madaniy meros obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
22:21 / 08.05.2025