Jahon | 14:05 / 27.04.2022
33051
6 daqiqa o‘qiladi
Kiyevda snos qilingan «xalqlar do‘stligi», zirhli nimcha taqqan ukrain fermeri. Urush suratlari
Ukrainada urushning 62-kuni o‘tdi. Kiyev oblastida o‘ldirilgan tinch aholi vakillari topilishi davom etmoqda. Chernobil AESdagi avariyaga — 36 yil bo‘ldi, u yerda ishlaganlar xotirasiga gullar keltirildi. Kiyevda Rossiya va Ukraina xalqlari do‘stligi yodgorligi demontaj qilindi. Donbass shimolida — otishmalar va hovlilarda qabrlar.
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
- Chorshanba kuni Rossiya Polshaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Varshavadagilar Moskvaning gaz uchun faqat rublda to‘lov qilish borasidagi talabi noqonuniy ekani va ular shusiz ham «Gazprom» bilan shartnomani uzaytirish niyatida bo‘lmaganini aytishdi.
- Rossiyaning Belgorod oblastidagi portlashlar bilan bir vaqtda Kursk oblasti gubernatori ham havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushganini xabar qilgan. Voronej oblasti rasmiylari esa Voronej shahri yaqinida razvedkachi dron urib tushirilganini ma’lum qildi.
- Germaniyadagi Ramshtayn harbiy bazasida 40 mamlakat mudofaa vazirlari Ukrainaga harbiy yordam masalasini muhokama qilishdi. Ramshtayndagi qurultoy nafaqat yangi strategiyani ishlab chiqishga, balki birdamlikni namoyish etishga qaratilgan. Uchrashuvdagi asosiy yangiliklardan biri Germaniya Kiyevga «Gepard» rusumli zenit qurilmalarini yuborishi bo‘ldi.
- Britaniya tashqi ishlar vaziri Liz Trass Ukrainaga yordamni ikki barobar ko‘paytirish va bu tajovuzni to‘xtatish uchun og‘ir qurollar, jumladan tank va samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha berilgan va’dalarni bajarishga chaqirdi.
- Lugansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday Rossiya Rubejnoyeni egallagani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Urush boshlanganidan buyon uchinchi marta: RF mudofaa vazirligi yana Rubejnoye «ozod etilgani» haqida aytmoqda. Yana soxta bayonot», degan u.
- Rossiya armiyasi Dnestrbo‘yidan hujum qilishi mumkinligi borasida gapirgan prezident Volodimir Zelenskiy Ukraina bunga tayyorligini aytdi. U Dnestrbo‘yidagi portlashlar va otishmalar – Rossiya tomonining mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan provokatsiyasi ekanini ta’kidladi.
Ujgorod
Xarkov
Zaporojye oblasti
Donbass shimoli
Mavzuga oid
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
15:39 / 02.09.2024
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
14:25 / 18.08.2024
Kursk oblastidan qaytgan ukrainlar va Sudjadan ilk kadrlar. Urush suratlari
18:25 / 16.08.2024