O‘zbekiston | 12:00 / 27.04.2022
7562
5 daqiqa o‘qiladi

Kontent uchun juda kerakligi. Hech qanday cheklovlarsiz: OPPO yangi Reno7 smartfonini taqdim qiladi

Foto: OPPO

Ushbu yangilikni ko‘plab OPPO foydalanuvchilari kutishayotgan edi. OPPO O‘zbekistonning ijtimoiy tarmoqlarida ham ko‘p berilayotgan savol bu:

 – “Qachon Reno seriyasining yangi modellarini olib kelasizlar?”

Va nihoyat, OPPO faxr bilan sizga Reno7 smartfonini taqdim etadi!

Reno7 o‘zining segmentida eng yaxshi kamerofon hisoblanadi. Tasvirlash texnologiyasi, innovatsion dizayn, ishlash samaradorligi va ColorOS 12 ustida ko‘plab ishlar olib borilgani sabab, Reno7 sizga behisob imkoniyatlarni taqdim eta oladi.

Eng asosiysidan boshlaymiz. Kamera.

Reno7 sun’iy intellektga ega uchtalik kamera bilan jihozlangan bo‘lib, asosiy kamerasi 64 MP, Bokeh obektivi 2MP va 15x, 30x darajada kattalashtira oladigan mikroobektiv 2 MP.

32 Megapikselli old kamerasi esa OPPO va Sony bilan birgalikda eksklyuziv ishlab chiqilgan ultra-sezgir IMX709 sensori bilan jihozlangan. Odamlar orasida esa u allaqachon “Mushuk ko‘zi” nomini ham olishga ulgurgan.

Uning o‘ziga xosligi shundaki, u standart PGB sensorini emas, balki yangi avlod PGBW sensorini ishlatadi. RGBW qizil, yashil, ko‘k piksellardan tashqari, oqiksellarga ham ega bo‘lib,sensorning yorug‘lik qabul qilish darajasini oshiradi, shovqin darajasini kamaytiradi. Bu esa yorug‘lik kam muhitda ham yorqin va aniq tasvirlarni yaratish imkonini beradi.

Bokeh Flare Portre rejimi Reno7’ning asosiy va old kamerasida ham mavjud bo‘lib, bizning mukammallashtirilgan algoritmlarimiz orqa fonni a’lo darajada xiralashtiradi va DSLR kamera darajasidagi ajoyib suratlar yaratishingizga yordam beradi.

Mukammal selfilarni yaratish maqsadida Selfie HDR rejimi va IMX709 sensori sabab kamera orqa fon qorong‘iligini bilsa, avtomatik ravishda yorug‘likni to‘g‘ri sozlashga yordam beradi.

Dizayn.

Zamonaviy uslubdagi ultra-nozik dizayn

Reno7 ultra-nozik Retro dizaynda va ikki xil rang: olov rang va Kosmik Qora rangda taqdim etildi. 

Olov rangli Reno7 yorqin rangdagi premium sifatli charmdan ishlangan. Kosmik qora rangdagi Reno7 korpusi esa mat qoplamali bo‘lib, unda barmoq izlari qolmaydi va turli xil qirilishlarga chidamli.

Telefon 6,4 dyuymli AMOLED FHD+ ekraniga ega bo‘lib, ko‘zlaringizni zararli ko‘k nurdan himoya qiladi.

Yuqori ishlash ko‘rsatkichlari

Reno7 4500 mAs sig‘imli batareya va 33Vt SUPERVOOS texnologiyasi bilan jihozlangan. 33Vt li tezkor zaryadlash texnologiyasi 61 daqiqa ichida telefoningizni 100 foiz quvvat bilan to‘ldirib beradi yoki 5 daqiqalik quvvat bilan 1,68 soat filmlar tomosha qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, yangi avlod 6 nanometrli Qualkom® Snapdragon™ protsessori quvvat sarfini saqlab, yuqori unumdorlikni ta’minlaydi.

Yangi ColorOS 12

Reno7 smartfoniga ColorOS 12 oldindan o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu dasturiy ta’minot bilan ishlash yanada qulay va ravonroqdir.

ColorOS’ning juda qulay “Imo-ishoralar bilan boshqarish” funksiyasi, qo‘lingiz band bo‘lganida imo-ishoralar yordamida qo‘ng‘iroqlarga javob berish, ekranni tepaga va pastga surish imkonini beradi. Axir bu ajoyib emasmi?!

ColorOS 12 ma’lumotlaringiz himoyasi va maxfiyligiga javob beradi va u butun jahon ishongan ISO, ePrivicy, TrustArc organizatsiyalari sertifikatidan o‘tgan.

Sun’iy intellekt yordamida bildirishnomalarni yashirish funksiyasi esa, sizga qo‘shimcha maxfiylikni taqdim etadi. U ekranga bir nechta odam qarab turganini sezsa, kelayotgan bildirishnomalarni qaytarib oladi.

Reno7 O‘zbekiston bozorlariga va maishiy texnika do‘konlariga olov rang va kosmik qora ranglarda taqdim etiladi.

Uning o‘rtacha bozor narxi - 4 200 000 sum.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun bizning rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlarimizga tashrif buyuring.

Sayt: https://www.oppo.com/uz/smartphones/series-reno/reno7/

Instagram: https://www.instagram.com/oppouzbekistan/

Facebook: https://www.facebook.com/OPPOUzbekistan

Telegram kanali: https://t.me/uzbekistan_oppo

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid