Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda qo‘shimcha va yordamchi funksiyalar autsorsing orqali amalga oshiriladi
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarni autsorsing xizmati orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi e’lon qilindi.
Nizom Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlarida, Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarda, Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida hamda Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazida qo‘shimcha va yordamchi funksiyalarni autsorsing xizmati orqali amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Buyurtmachi xizmatlarini autsorsingga o‘tkazishda quyidagi shartlarga rioya qilishi shart:
- autsorserga o‘tkaziladigan xizmatlar sifatini yuqori darajada saqlab qolish va talab qilish;
- buyurtmachining autsorserga beriladigan xizmatlarni bajarish bilan band bo‘lgan xodimlari shtat birliklarini qisqartirish;
- buyurtmachi xizmatlarni autsorserga o‘tkazishda ularning iqtisodiy samaradorligini oshirish va xo‘jalik faoliyati xarajatlarini qisqartirish, faoliyatining asosiy bo‘lmagan turlarini rivojlantirish hamda autsorserga berilgan xizmatlarning sifatini oshirish.
Autsorser xodimlari buyurtmachining tegishli hududiga oldindan taqdim etilgan ro‘yxat asosida kiradi hamda tibbiy-ijtimoiy muassasa binosida harakatlanadi.
Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda davolanuvchi hamda reabilitatsiya jarayonida bo‘lgan shaxslarga xizmatlarni tashkil etish uchun buyurtmachi rahbari hamda autsorser mas’ul hisoblanadi.
Iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida autsorser tomonidan tuzilgan va buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan bir oylik reja asosida tashkil etiladi.
Autsorserni tanlash hamda u bilan shartnoma tuzish davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Autsorser xarid qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlar, foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligiga, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning har uch yilda bir marta malaka oshirishiga, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda ishga qo‘yilishiga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:32 / 07.03.2025
O‘zbekistonda rasmiy statistikani tayyorlashga autsorsing joriy etiladi
21:26 / 10.01.2025
Davlat bog‘chalarida «Yagona mavsumiy taomnoma» joriy etiladi
11:41 / 09.01.2025
Tibbiyotda stomatologiya xizmati autsorsing asosida xususiy sektorga beriladi
18:20 / 20.01.2024