Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning to‘rt kompaniyasi Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirdi – Bloomberg
Mart oxirlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin «nodo‘st davlatlar»ga tabiiy gaz faqat rublda sotilishi ko‘zda tutilgan farmonni imzolagandi.
Foto: Bloomberg
Yevropaning Rossiyadan gaz sotib oluvchi o‘nta kompaniyasi to‘lovni rublda amalga oshirish uchun «Gazprombank»da hisobraqam ochdi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
«Gazprom»ga yaqin manbaning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar o‘nta kompaniya hisobraqam ochgan, to‘rt kompaniya esa rublda to‘lov qilgan.
Rossiya 26 aprel kuni Polshaga, 27 aprel kuni esa Bolgariyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu mamlakatlar gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirishni rad etgandi.
31 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “nodo‘st davlatlar”ga tabiiy gaz faqat rublda sotilishi ko‘zda tutilgan farmonni imzolagandi.
Farmonda aytilishicha, Rossiyadan gaz sotib olishni istagan G‘arb davlatlari Rossiya banklarida hisobraqami ochishi kerak.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025