Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odessadagi dafn marosimi, donbassliklarning bunkerlardagi hayoti. Urush suratlari
Ukrainada urushning 63-kuni o‘tdi. Odessada 23 aprel kungi hujum qurbonlari bilan vidolashuv marosimi o‘tkazildi. Rossiya Zaporojyedagi pozitsiyasini yaxshilashga urinmoqda, ammo yo‘qotishlarga uchramoqda. Donbassda janglar davom etmoqda. Ukraina tomoni Rossiyani Severodonetskdagi shifoxonani o‘qqa tutish va Donetsk oblastidagi Avdeyevka shahrida fosforli qurol qo‘llashda aybladi. «Meduza» ma’lumotiga ko‘ra, may oyi o‘rtalarida DXR va LXR Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha referendum o‘tkazmoqchi, Xerson oblastida esa — XXR tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Stepan Franko / EPA / Scanpix / LETA
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
- Vladimir Putin yana bir bor urushga uchinchi tomon aralashuviga javoban yadro quroli qo‘llash imkoniyatiga shama qildi. «Agar kimlardir sodir bo‘layotgan voqealarga tashqaridan aralashishni ko‘zlayotgan bo‘lsa, bilib qo‘yishsin – ular bizga strategik tusda xavf uyg‘otgan bo‘ladi. Bizning javobimiz yashin tezligida bo‘ladi. Buning uchun hech kim maqtana olmaydigan uskunalarga egamiz», deya tahdid qildi u.
- G‘arb mamlakatlari Rossiyaning Donbassdagi yurishlari juda sekinlik bilan olib borilayotgani va Ukraina rossiyalik harbiylarga samarali va shiddatli qarshilik ko‘rsatayotganiga e’tibor qaratmoqda. Asosiy harbiy harakatlar Donetsk va Lugansk oblastlarida kuzatilmoqda, ammo Xarkov o‘qqa tutilayotgani hamda Zaporojye va Xerson oblastlarida ham janglar ketayotgani haqida xabarlar bor.
- Xerson shahrini egallagan rossiyalik harbiylar mitingni ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan tarqatgan. Ukraina hukumatiga ko‘ra, Rossiya shaharda «Xerson xalq respublikasi» tashkil etish to‘g‘risida referendumga tayyorlanmoqda. Xerson shahrida tunda bir necha portlashlar kuzatildi. Rossiya davlat nashrlariga ko‘ra, ukrainlarning zarbalari nishoni 20 apreldan buyon Rossiya telekanallarini efirga uzatayotgan teleminora bo‘lgan. Ukraina tomoni hozircha bu xabarga izoh bermadi.
- «Gazprom» Polsha va Bolgariyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi, bunga ushbu davlatlar yonilg‘i uchun to‘lovni rublda amalga oshirishga rozi bo‘lmagani sabab qilib keltirilgan. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Moskvaning bu qarorini «shantaj instrumenti» deb atadi va Rossiya bilan gaz uchun hisob-kitob rublda amalga oshirilishi Yevroittifoq qo‘llagan sanksiyalarga zid ekanini eslatdi. Germaniya Rossiya endi ishonchli yetkazib beruvchi hisoblanmasligi tufayli bu davlatdan xarid qilinadigan gaz hajmini qisqartirmoqchi. Yevroittifoq keyingi haftadayoq Rossiyadan neft importini taqiqlashi kutilmoqda.
- Ukrainada urush boshlanganidan buyon o‘tgan ikki oyda Rossiya qazib olinadigan energiya resurslarini YeI mamlakatlariga sotish orqali daromadlarini ikki baravar oshirgan. Finlandiyadagi CREA tadqiqotlar markazi ma’lumotiga ko‘ra, yetkazib berish hajmi kamaygan bo‘lsa-da, narxlar oshishi hisobiga Moskva ushbu mahsulotlari savdosidan 62 mlrd yevro atrofida daromad ko‘rgan. Asosiy xaridor Germaniya.
- AQShning xalqaro adliya bo‘yicha maxsus vakili Bet van Shaakning BMTga ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Donetsk yaqinida taslim bo‘lishga uringan ukrainaliklarni rus harbiylari otib o‘ldirgani haqida ishonchli ma’lumotlarga ega.
- Britaniya TIV rahbari Liz Trass rossiyalik harbiylar Ukrainada bosib olgan hududlaridan, jumladan Qrimdan haydab chiqarilishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb o‘z iqtisodiy qudratini kelajakda bu kabi tajovuzlar takrorlanmasligi uchun yo‘naltirishi kerak.
- Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh bo‘lgan qator hududlarida, jumladan Belgorod oblastidagi harbiy omborxonada portlashlar ro‘y bergan. Belgorod shahrida havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlamoqda. Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak keyingi haftadan RFning chegaradagi hududlarini «demilitarizatsiya» qilish jadalligi sezilarli darajada oshishini aytdi.
Quyida Ukraina hududlarida 27 aprel kuni olingan suratlar:
Chernigov oblasti
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Zaporojye oblasti
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Chris McGrath / Getty Images
Xerson
AP Photo/Olexandr Chornyi
AP Photo/Olexandr Chornyi
AP Photo/Alexei Alexandrov
Xarkov
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Carolyn Cole / Los Angeles Times / Getty Images
Donbass shimoli
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
17:12 / 31.12.2024
Rossiya va Ukraina o‘rtasida asirlar almashuvi - fotosuratlar
13:53 / 30.12.2024
Chasiv Yardan Avdiyivkagacha. Kultepaga aylangan shahar va qishloqlar
15:02 / 02.12.2024
Isroil va Livan sulhidan keyin odamlar uylariga qaytmoqda - fotosuratlar
14:51 / 16.09.2024