Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Ramazon hayitining ilk kunini aniqlash maqsadida Shavvol hiloli kuzatilmoqda
O‘zbekistonda taniqli ulamolar va malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh Ramazon hayitining birinchi kuni – Shavvol hilolini astronomik tahlillar hamda xorijiy davlatlardagi mutaxassislar bilan hamkorlik asosida kuzatib bormoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Ushbu ishchi guruh kuzatish natijalarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashiga taqdim etadi va Ramazon hayitining birinchi kuni haqidagi ma’lumotlar kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, tegishli xulosalar qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini munosib kutib olish, Islom dini tartib-qoidalari asosida hilolni kuzatish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan edi.
Mavzuga oid
19:36 / 27.02.2025
Ramazon oyining boshlanishi 1 martga to‘g‘ri keladi
19:00 / 26.04.2022
Prezident o‘zbekistonliklar Ramazon hayiti munosabati bilan 5 kun dam olishi haqida gapirdi
06:31 / 13.05.2021
Kun.uz Ramazon hayiti bilan barchani muborakbod etadi!
20:03 / 12.05.2021