Kiyevga navbatdagi hujum va Donetskdagi okoplar. Urush suratlari
28 aprel kuni Kiyevga prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish keldi — xuddi shu kuni shaharga raketa hujumi amalga oshirildi. AQSh Vakillar palatasi 417 ovoz bilan (10 ta qarshi ovoz) Ukrainaga lend-liz dasturi bo‘yicha qurol yetkazib berishni ma’qulladi. Ukraina bosh prokuraturasi Buchada «tinch aholiga shafqatsiz muomalada bo‘lish va harbiy qonunlarni buzish»da gumonlangan 10 nafar rossiyalik harbiy nomini ma’lum qildi. Kiyev oblasti qishloqlarida Rossiya ishg‘oli chog‘ida halok bo‘lganlarni dafn qilish marosimlari davom etmoqda.
Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
- 28 aprel kuni kechqurun rossiyalik harbiylar Kiyevga raketa zarbalari yo‘lladi, BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Volodimir Zelenskiy bilan uchrashish uchun kelgan vaqtda shaharga ikkita raketa kelib tushgan, 10 kishi jabrlangan.
- Zelenskiy Ukraina Mariupoldan insonlarni evakuatsiya qilish uchun kechiktirib bo‘lmas muzokaralarga tayyorligi va BMTning qo‘llovidan umidvorligini ma’lum qildi.
- Amerika nashrlari manbasi Donbass regionida rossiyalik harbiylarning harakati Ukraina kuchlari qattiq qarshilik ko‘rsatayotgani uchun, bundan tashqari logistikadagi muammolar tufayli «sekin va notekis» kechayotgani haqida aytdi.
- AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yordam uchun Kongressdan yana 33 mlrd dollar so‘radi, u bu kichik mablag‘ emasligi, ammo Vashington Rossiyaning vahshiyligi va tajovuzi qarshisida jim tura olmasligini ma’lum qildi.
- Ukrainada mamlakat qurolli kuchlari safida jang qilgan Amerika fuqarosi halok bo‘lgan. 22 yoshli Jozef Kenselning onasining CNN efirida aytishicha, sobiq dengiz piyodasi bo‘lgan o‘g‘li xususiy harbiy kompaniya bilan shartnoma imzolab, Ukrainadagi urushga ko‘ngilli sifatida jo‘nab ketgandi.
- AQSh kongressi Vakillar palatasi ko‘pchilik ovoz bilan Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berishni soddalashtirish (lend-liz) ko‘zda tutilgan qonun loyihasini ma’qulladi. Bu qonunga ko‘ra, Bayden ma’muriyati byurokratik tartib-qoidalarni chetlab o‘tgan holda bitimlar tuzishi va Ukrainaga qurollarni haqini keyin to‘lash sharti bilan bepul yetkazib berishi mumkin.
Quyida 28 aprel kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Dnepropetrovsk oblasti
Lvov
Jitomir oblasti
Donbass shimoli
Kiyev va Kiyev oblasti
Mavzuga oid
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
15:39 / 02.09.2024
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
14:25 / 18.08.2024
Kursk oblastidan qaytgan ukrainlar va Sudjadan ilk kadrlar. Urush suratlari
18:25 / 16.08.2024