Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi oltin konida ko‘chki oqibatida o‘ndan ortiq inson halok bo‘ldi
Voqea sodir bo‘lgan vaqtda Mandayling Natal rayonidagi noqonuniy oltin konida 14 nafar ayol ishlayotgan bo‘lgan.
Indoneziyaning Sumatra orolida noqonuniy oltin konida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 12 nafar ayol halok bo‘ldi. Bu haqda politsiya boshlig‘i Marlon Rajagukguk ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chki sodir bo‘lgan vaqtda Mandayling Natal rayonidagi noqonuniy oltin konida 14 nafar ayol ishlayotgan bo‘lgan.
Ikki soat davom etgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida ayollarning jasadlari chiqarib olingan.
Rajagukgukning aytishicha, ikki nafar ayol jarohatlangan, noqonuniy kon yopib qo‘yilgan.
2019 yilda Shimoliy Sulavesi orolidagi noqonuniy oltin konida yuz bergan ko‘chki 40 nafardan ortiq insonning umriga zomin bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
15:19 / 02.05.2025