O‘zbekiston | 12:02 / 29.04.2022
47331
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga juda issiq, so‘ng nam va nisbatan salqin havo kirib keladi - «O‘zgidromet»

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida bugun kunduz kuni, Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida ba’zi joylarda ertaga kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

1-2 mayda respublika hududiga Eron hududlaridan may oyining boshi uchun juda issiq bo‘lgan havo kirib kelishi kuchayadi. Kunduz kunlari havo 32-34 daraja issiqqacha, respublika janubida 36-39 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Bunday harorat foni meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun ushbu davrning eng yuqori haroratidan faqat 2-3 darajaga past bo‘ladi. 

Shu kunlarda faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qolgan hududlarda quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

3-4 mayda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 3 mayda ba’zi joylarda chang kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo harorati 22-25 daraja issiqqacha pasayadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid