Jamiyat | 19:56 / 29.04.2022
19954
5 daqiqa o‘qiladi

Pandemiya sabab tug‘ilgan brend: “Ajva” quruq mevalar olamiga sayohat

Quritilgan xurmoni ko‘pchiligimiz asosan Ramazon oyida iste’mol qilamiz. Salomatlikka foydasi haqida ko‘p eshitgan bo‘lsak-da, ma’lum vaqt o‘tib xurmo yana har kunlik dasturxonimizdan chetga chiqib qoladi. Talab kamaygach, bozorda taklif ham qisqaradi. Xurmoning turli-tuman navlarini ommalashtirayotgan “Ajva” ana shu holga barham bermoqchi.

Bu yil O‘zbekiston xurmo importini o‘tgan yilga nisbatan 478 tonnaga oshirgan. Demak, bu quruq mevaga bo‘lgan talab tobora kuchayib, xurmo biznesi ham rivojlanib bormoqda.

Tarmoq ta’sischilaridan biri Nodirjon Sobirov “TOP oziq-ovqat” loyihasi bilan suhbatda biznesga kirib kelishi, “Ajva” xurmo marketlari tarmog‘ining yaralish tarixi haqida gapirib berdi.

“Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, biznesga o‘zi ko‘pchilik yoshlikdan kirib kelgan bo‘ladi, biz ham asosan yoshlikdan boshlaganmiz. Dastlab, oziq-ovqat do‘konini yuritganmiz va bu keyinchalik oilaviy biznesga aylanib ketgan. So‘ng quruq mevalar biznesini boshlaganmiz.

Mutaxassis bo‘lmagan odam quruq mevalar sohasining o‘ziga xosliklaridan bexabar bo‘ladi, ya’ni yeb ko‘rib mazasini aytishi mumkin, lekin uning sifati alohida masala. Biz quruq mevalar eksportini yo‘lga qo‘yib, asosan Xitoy bilan ishladik. Lekin orada pandemiya sababli ishimiz to‘xtab qoldi. Hech bir ish behikmat bo‘lmas ekan, qaysi davlatga endi eksport qilamiz dedik va Saudiya Arabistonini o‘ylab ko‘rib, ularga namuna yubordik. Mahsulotimiz ularga yoqdi va Saudiyaga eksport qilishni boshladik.

Shundan so‘ng Saudiya Arabistonidagi hamkorlarimizning o‘zi bizga taklif bilan chiqdi, ya’ni o‘zlarining mahsulotlarini bizga eksport qilishni taklif qilishdi. Shundan so‘ng bu yo‘nalishni atroflicha o‘rganib chiqdik va shu kungacha shu yo‘nalishga yetarlicha qiziqish bo‘lmaganini, aynan shu omil bizga qo‘l kelishini bildik.

Qo‘l kelish deganida faqat foyda ko‘zlanmagan, gap aynan xurmoda: biz xalqimizga tabiiy va foydali mahsulotlar yetkazib berishni maqsad qilganmiz.

Faoliyatimizni boshlashimizdan oldin O‘zbekistonda asosan Eron, Tunis va Falastin xurmolari sotilgan. Eron xurmolarini ham xalqimiz ajva navi deb iste’mol qilib kelgan. Biznes boshlashdan oldin, avvalo shu ishning egalariga murojaat qilishdan boshlaganmiz”, – deydi tadbirkor.

Nodirjon Sobirovdan mahsulotni ulgurji narxda sotib olmoqchi bo‘lganlarga qanchalik arzonga berishi haqida so‘radik.

“Bizning do‘konlarimizda narxlar bozor narxlaridan pastroq. Chakana savdoda ham ulgurji narxda, iloji boricha donada ham sotishga haraqat qilamiz. Urgurji savdo uchun mahsulot miqdoriga qarab 10 foizgacha chegirma qilib beramiz. Chegirma miqdori asosan mahsulot turiga bog‘liq. Agar kiloga hisoblaydigan bo‘lsak, 100 kiloga 10 foiz chegirma qilib beramiz”, – deydi u.

Suhbatdoshimizning aytishicha, mahsulot sifatini saqlab qolish maqsadida xurmolar Saudiya Arabistonning o‘zida “Ajva” brendi nomi bilan qadoqlanadi va O‘zbekistonga tayyor holatda keladi.

Ko‘pchilik sevib iste’mol qiladigan nav – ajva, lekin bundan tashqari xurmoning sukkari, medjul va sukkari rutobi turlari ham jahonda mashhur. Sukkari ham birinchi dovcha ko‘rinishida bo‘lib keyin o‘rik holatiga o‘tadi, o‘rik holatiga o‘tgani rutob deyiladi, ya’ni ushbu nav yumshoq bo‘ladi, bizgacha sukkarining turshak holati yetib keladi. Mahsulotlarning yaroqlik muddati agar to‘g‘ri saqlansa o‘rtacha 2 yilga yetadi.

Hozirgi kunda “Ajva” xurmo marketi tarmog‘ining jami 13 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchalari mavjud bo‘lib, ularda quruq meva va xurmo navlarining deyarli hamma turlari bor.

Ko‘rsatuv yakunida xurmoning eng sara va yaxshi navlarini degustatsiya qilib ko‘rishga ham qaror qildik. Bu haqda batafsil to‘liq videoni tomosha qilish orqali tanishishingiz mumkin.

“Ajva” xurmo marketi bilan aloqa+99871 230 7040

Telegramt.me/ajva_uzb

Mavzuga oid