Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Norov Saudiya Arabistoni elchisini qabul qildi
Bugun, 29 aprel kuni Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Uchrashuvda Norov elchi janoblarini Saudiya-O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligi bilan tabrikladi. Elchi ham shuningdek, vazirlik xodimlari hamda o‘zbekistonliklarni kelayotgan Ramazon hayiti bilan qutladi.

Yangi vazir so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda 2021 yilda oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar ijrosi va istiqboldagi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Shundan so‘ng uchrashuvning yopiq qismi boshlandi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025