Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan ayrim shaxslarga nafaqa bilan birga stipendiya ham beriladi
“Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 iyuldan:
- oilaviy bolalar uylarining saqlash xarajatlari uchun davlat budjetidan mablag‘ ajratishda bir nafar tarbiyalanuvchiga to‘g‘ri keladigan xarajatlar hamda bolalar sonidan kelib chiqib, zarur mablag‘lar kommunal xarajatlar bilan birga ota-onalar nomiga ochilgan bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi;
- jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda hamda nogironligi bo‘lgan bolalar kasb-hunar maktablarida ishlovchi texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz miqdorda ustamalar to‘lanadi.
Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarni Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi orqali badiiy adabiyotlar bilan muntazam ta’minlash uchun har yili 5 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
2023-2025 yillarda 10 ta hududda reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan “Imkon” ko‘p tarmoqli ixtisoslashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish choralari ko‘riladi.
Qarorga ko‘ra:
- yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etiladi;
- yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga davlat OTMda oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalari xarid qilish uchun mablag‘ ajratish amaliyoti nodavlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga ham tatbiq etiladi;
- 2022 yil 1 iyundan “Ishga marhamat” monomarkazlarida inklyuziv ta’lim asosida kasb-hunarga o‘qitilayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nogironlik nafaqasi bilan bir vaqtda, BHMning 2 baravari (540 ming so‘m) miqdorida har oylik stipendiya to‘lab beriladi.
2022 yil 1 maydan “Saxovat” uylarida yashovchi zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga shaxsiy sarf-xarajatlari uchun har oyda tegishli nafaqa miqdorining 20 foizini to‘lash tartibi joriy qilinadi.
Afg‘on urushida ishtirok etgan nogironligi bo‘lgan jangchi-faxriylar individual o‘lchovlar asosida tayyorlanadigan tegishli zamonaviy protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlanadi.
2023 yil 1 yanvardan:
- I va II guruh nogironligi uchun pensiya tayinlangandan keyin ishlagan fuqarolarning ish staji va ish haqini hisobga olgan holda, nogironlik pensiyasi miqdorlari har ikki yilda qayta hisoblanadi;
- hududiy jamoat fondlari hisobidan O‘zbekiston nogironlar jamiyati, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati hamda O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalariga davlat subsidiyasi ajratiladi.
Mavzuga oid
16:09 / 13.05.2025
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi
10:15 / 05.02.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi
12:08 / 25.04.2024
TTA va Stomatologiya institutida xorijiy tillardan sertifikat olganlarga stipendiya berilmayotgani aytilyapti
16:58 / 06.02.2024