Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonlik paxtaqand sotuvchi. U velosipedda kuniga 70 km yo‘l yuradi
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi Ahmadbek qishlog‘ida murojaat o‘rganayotgan edik. Shu payt eski velosipedini g‘ichirlatib shirinlik sotuvchi kelib qoldi. Mahalla bolalari velosiped signalini eshitib uylaridan paxtaqand sotib olgani chiqa boshlashdi.
Sotuvchi asakalik 65 yoshli Ro‘zimuhammad Tillayev kuniga velosipedda 70 km yo‘l yurib, paxtaqand sotar ekan.
«Kuniga atrofdagi qishloqlarni kezib 60 dona qand sotaman. Oilada 6 kishi yashaymiz, ro‘zg‘or qilish kerak. Xotinim, kelinim va nabiralarim kechqurun shirinlik tayyorlab qo‘yishadi. Xarajatlardan tashqari kuniga 50 ming so‘m foyda qoladi. Bir kuni aylanib yurgandim, kichkina qizaloq 100 dollar olib chiqdi. Unga shirinlikni bepul berib, qo‘shni ayolni chaqirdim-da, pulni berdim. Birovning haqi harom, mehnat qilish kerak», deydi Ro‘zimuhammad aka.




Shirinlik sotuvchi qahramonimiz yana ikkita mahallani aylanishini aytib, biz bilan xayrlashdi...
Elmurod Ermatov, Azizbek Ismoilov
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
19:04 / 25.03.2025
“Tashabbusli budjet”dan ham umidini uzayotgan mahalla: Shahrixondagi maktab qachon ta’mirlanadi?
20:10 / 28.01.2024
Andijonda yonib ketgan bozor o‘rnida uy-joy qurilishi haqidagi mish-mishlar rad etildi
01:13 / 26.01.2024