Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashqi reklama obektlarini joylashtirishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
Tashqi reklama obektlarini joylashtirishda jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi. Bu korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasida belgilangan.
Tashqi reklama obektlarini joylashtirish bilan bog‘liq barcha munosabatlarni raqamlashtirish orqali inson omilini qisqartirish hamda onlayn auksion tartibiga qat’iy rioya etgan holda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish rejalashtirilmoqda.
Bundan tashqari, mavjud avtobekatlar xatlovdan o‘tkazilib, ular joylashgan yer uchastkalarining huquqiy maqomini aniqlashtirish, shuningdek avtobekatlarda tadbirkorlik obektlarini ochish uchun ruxsat berishning shaffof elektron mexanizmlarini yaratish va ulardan foydalanishga aniq talablarni belgilash ko‘zda tutilgan.
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini davlat boshqaruvi organlarining kadrlar bilan ishlash bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimlari bilan integratsiya qilib borish ham mo‘ljallanmoqda.
Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun ijodiy imtihonlarni (jismoniy tarbiya, rassomchilik va h.k.) hamda yakuniy imtihonlarni topshirishda shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish ishlari amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi
23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi
08:40 / 26.03.2025