Jahon | 13:24 / 03.05.2022
29335
5 daqiqa o‘qiladi
«Azovstal»dagilar evakuatsiyasi va Donbassda non tarqatayotgan ko‘ngilli. Urush suratlari
Urushning 68-kunida rossiyalik harbiylar Odessaga raketa zarbalari berishdi; 15 yoshli o‘smir halok bo‘lgan. «Azovstal» zavodidan evakuatsiya davom etmoqda — Mariupolning 100 dan ortiq tinch aholi vakillari Zaporojyega kelgan. Xarkov va Donbass shimolidagi janglar davom etmoqda.
Ukrainadagi urush bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar
- Yevropa Ittifoqining xorijiy ishlar bo‘yicha kengashining 10 may kungi yig‘ilishida ittifoq a’zolari Rossiyaga qarshi sanksiyalarning oltinchi paketini qabul qilishi kutilmoqda. Yangi paketga ko‘ra Rossiyadan energiya resurslari eksporti cheklanishi, xususan, Rossiya nefti xaridi uchun embargo qo‘yilishi mumkin - bu chora Moskvani katta daromad oqimidan mahrum etadi.
- AQSh mudofaa vazirligining yuqori martabali mulozimi ma’lum qilishicha, Rossiya kuchlari Ukraina sharqidagi asosiy harbiy harakatlar kechayotgan Donbassda yomon boshqaruv, jangovar ruh pastligi va logistikadagi muammolardan qiynalmoqda.
- BMT va Qizil Xoch 3 may kuni Mariupoldan tinch aholi evakuatsiyasi davom etishiga umid bildirmoqda. Bungacha 30 aprel va 1 may kunlari 100 nafar atrofidagi kishi «Azovstal»ni tark etgandi - ular Ukraina nazoratidagi Zaporojyega olib o‘tilmoqda.
- Britaniya bosh vaziri Boris Jonson 3 may kuni videoaloqa orqali Ukraina Oliy Radasida chiqish qiladi. U britanlarning Ukrainaga 375 mln dollarlik navbatdagi harbiy yordam paketi haqida xabar qilgan. Bu yordam radioelektron kurash vositalari, GPS signalini bloklash qurilmalari, tungi ko‘rish vositalari, zirhli avtomobillar va batareyalarga qarshi kurash uchun mobil radiolokatsiya stansiyalarini o‘z ichiga oladi.
- Xorijiy davlatlar elchixonalari bosqichma-bosqich Ukraina poytaxtiga qaytmoqda. Dushanba kuni Vengriya va Daniya Kiyevda o‘z diplomatik missiyalari o‘z faoliyatini tiklaganini ma’lum qilgandi. Ikki hafta oldin bu haqda Fransiya ma’lum qilgandi. May oyida Buyuk Britaniya va AQSh elchixonalari ham qaytishi kutilmoqda.
Quyida 2 may kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Mariupol
Zaporojye
Kiyev
Donbass shimoli
Mavzuga oid
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
15:39 / 02.09.2024
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
14:25 / 18.08.2024
Kursk oblastidan qaytgan ukrainlar va Sudjadan ilk kadrlar. Urush suratlari
18:25 / 16.08.2024