Jahon | 15:57 / 03.05.2022
28090
1 daqiqa o‘qiladi

Putin «nodo‘st mamlakatlar»ga qarshi javob sanksiyalari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Sanksiyalarga tushgan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar bilan kelishuvlar tuzish va majburiyatlarni bajarish hamda ularga Rossiyadan xomashyo va mahsulot yetkazish taqiqlanadi. 

Foto: Getty Images

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “nodo‘stona harakatlar”ni amalga oshirgan mamlakatlar va yuridik shaxslarga qarshi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Farmonga ko‘ra, hukumat 10 kun ichida javob sanksiyalariga tushadiganlar ro‘yxatini tuzishi lozim.

Hujjat bilan quyidagilar taqiqlandi:

  • sanksiyalarga tushgan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar bilan kelishuvlar tuzish va majburiyatlarni bajarish (ilgari tuzilgan tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha ham);
  • ro‘yxatga kiritilganlarga Rossiyadan xomashyo va mahsulot yetkazish.

Rossiya mart oyida “nodo‘st mamlakatlar” ro‘yxatini kengaytirgandi. Ro‘yxatdan Yevroittifoqning barcha mamlakatlari, AQSh, Avstraliya, Albaniya, Andorra, Buyuk Britaniya, Islandiya, Kanada, Lixtenshteyn, Mikroneziya, Monako, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Janubiy Koreya, San-Marino, Shimoliy Makedoniya, Singapur, Tayvan, Ukraina, Chernogoriya, Shveytsariya, Yaponiya o‘rin olgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid