Jahon | 17:25 / 03.05.2022
13132
2 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi Putin bilan uchrashuv uchun so‘rov yuborgani, mart oyidan beri javob bo‘lmaganini aytdi

Foto: kremlin.ru

Rim katolik cherkovi rahbari papa Fransisk Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushni to‘xtatish uchun Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmoqchi. U bu haqda Corriere della Sera gazetasiga bergan intervyusida aytdi. 

Rim papasi 24 fevral kuni Rossiyaning Vatikandagi elchixonasiga borganini eslatib o‘tdi.

«Ularga «Iltimos, to‘xtang» dedim. Urush boshlanganidan 20 kun o‘tgach, kardinal Parolindan Moskvaga borishga tayyorligim to‘g‘risida Putinga xabar qilishini so‘radim», - dedi u. 

Fransiskning so‘zlariga ko‘ra, u hali ham Putindan javob kutmoqda.

«Bunday vahshiylikni qanday to‘xtatmaslik kerak? Bundan 25 yil avval Ruandada ham xuddi shuni boshdan kechirgandik», - dedi u.

Katoliklar rahbari Moskvaga borganidan keyingina Kiyevga borishi mumkinligini aytdi.

«Hozircha Kiyevga bormayman. Avval Moskvaga borishim, Putin bilan uchrashishim kerak. Lekin men ruhoniyman, qo‘limdan nima keladi? Qo‘limdan kelganini qilyapman», - dedi Rim papasi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid