Jahon | 14:32 / 04.05.2022
12561
1 daqiqa o‘qiladi

Belarusda kutilmaganda harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Qayd etilishicha, tekshiruv o‘tkazishdan maqsad, shaxsiy tarkibning inqirozli vaziyatlarga tayyorligi va salohiyatini baholashdan iborat.

Foto: AP

Belarusda tezkor javob qaytarish kuchlari salohiyatini kutilmaganda tekshiruvdan o‘tkazish boshlandi.

Tekshiruv davomida harbiy qism va bo‘linmalar jangovar shaylik holatiga o‘tish, belgilangan hududlarga joylashish va o‘quv-jangovar vazifalarni bajarish kabi mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. 

Harbiy qism va bo‘linmalar notanish hududlarda tez o‘zgaradigan sharoitlarda harakat qiladi, deyiladi Belarus mudofaa vazirligi xabarida.

Qayd etilishicha, tekshiruv o‘tkazishdan maqsad, shaxsiy tarkibning inqirozli vaziyatlarga tayyorligi va salohiyatini baholashdan iborat.

Tekshiruvga jalb etiladigan kuchlar tarkibi bosqichma-bosqich oshirilishi aytilmoqda.

Ta’kidlanishicha, «ushbu tadbirlar Yevropa hamjamiyati uchun ham, qo‘shni davlatlar uchun ham hech qanday xavf tug‘dirmaydi».

Mavzuga oid