Moskva birjasida dollar kursi 2020 yildan buyon ilk marta 69 rubldan pastga tushdi
Yevro kursi 72 rublni tashkil etdi – bu 2020 yil fevralidan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich.

Foto: TASS
Moskva birjasida dollar kursi 2020 yil iyundan buyon ilk marta 69 rubldan pastga tushdi. Savdo boshlangan vaqtda bir dollar 68,62 rublga teng bo‘ldi.
Yevro kursi 72 rublni tashkil etdi – bu 2020 yil fevralidan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich.
Rossiyaning eksportdan olgan daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ancha yuqori bo‘lmoqda, dedi «Otkritiye Investitsii» global tadqiqotlar bo‘limi tahlilchisi Andrey Kochetkov.
«Shu tufayli rubl mustahkamlanmoqda», — dedi u.
Bloomberg Economics ekspertlarining fikricha, Rossiya 2022 yil yakuni bo‘yicha neft va gaz eksportidan 321 mlrd dollar atrofida daromad olishi mumkin, bu 2021 yildagiga nisbatan o‘ttiz foizga ko‘p.
Mavzuga oid

17:30 / 17.03.2025
Rubl kursining barqarorlashuvi. Bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?

10:09 / 11.03.2025
195 ming qalbaki dollarning muomalaga kiritilishi oldi olindi

16:55 / 20.02.2025
O‘zbekiston 2025 yilda 43 mlrd dollar investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda

20:50 / 26.01.2025