O‘zbekiston | 07:43 / 04.05.2022
3440
2 daqiqa o‘qiladi

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoit yaratmagan mehmonxonalar uchun javobgarlik belgilanadi

Mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga sharoit yaratish talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda. Bu haqda senator Manzura Salimova ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 aprel kuni Senat yalpi majlisida “O‘zbekistonda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi va senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Bundan tashqari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga mehmonxonalarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga shart-sharoitlar yaratish talablarini bajarmaganligi uchun javobgarlik belgilanmoqda. 

Bildirilishicha, turli masalalarda olis manzillarga borgan nogironligi bo‘lgan shaxslar mehmonxonalarda bu jihatga yetarlicha e’tibor berilmagani uchun qiyinchilikka duch keladi. Ularga faqatgina pandus yo‘laklari emas, balki xonalarda talab etiladigan sharoit ham kerak bo‘ladi. Bu zamon andozalariga mos binoni loyihalashtirish, bino infratuzilmasiga yanada e’tibor bilan yondashishni talab etib, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga olib keladi.   

Shu bilan birga, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunga “tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” tushunchasi hamda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda “nogironligi bo‘lgan bolalar” tushunchasi batafsil yoritib berilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid