Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda 13 kilogramm giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgan shaxs ushlandi
Giyohvand moddalarni saqlab kelayotgan shaxsning hovlisida agrotexnik ishlov berilgan nasha o‘simligi va elektron tarozi ham borligi aniqlangan.
Foto: Sirdaryo viloyati IIB
Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Sirdaryo viloyat IIB JQB hamda DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi tezkor vakillari bilan hamkorlikda Sirdaryo tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lidan harakatlanib kelayotgan Oqoltin tumanida yashovchi, A.F. boshqaruvidagi Lacetti mashinasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Tekshirish jarayonida mashinaning old o‘rindig‘i tag qismida 111 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Dastlabki surishtiruvda A.F. mazkur marixuana giyohvandlik moddasini Sayxunobod tumanida yashovchi fuqaro S.Sh. dan 2 million so‘mga sotib olganligi aniqlangan.
Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, S.Sh.ning xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganda, u yerdan gugurt qutilari va sellofan paketchalarga solingan gashish, marixuana va uning urug‘lari, elektron tarozi, xonadon yerto‘lasidan 2 ta polietilen qopga joylangan marixuana topilgan. Bundan tashqari, 8 tup, uzunligi 5-10 sm bo‘lgan agrotexnik ishlov berilgan nasha giyohvandlik o‘simliklari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Qayd etilishicha, tezkor tadbir davomida jami 13 kilogramm 879 gramm marixuana va 1,68 gramm gashish giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025