O‘zbekiston | 07:27 / 05.05.2022
3852
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriya o‘zbekistonlik talabalar uchun qo‘shimcha stipendiyalar ajratadi

2022 yil 4 may kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov mamlakatga tashrif bilan kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: TIV axborot xizmati

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishi samarali o‘tganini qayd etdi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama kun tartibi hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini joriy yilda o‘tkazish zarurligi ma’lum qilindi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik, ayniqsa, ta’lim sohasidagi aloqalarning yuqori sur’ati qayd etildi. Vengriya tomoni o‘zbekistonlik talabalarning mamlakat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun qo‘shimcha stipendiyalar ajratilishini ma’lum qildi.

Vengriya tomoni O‘zbekistonning mintaqada barqarorlikni mustahkamlash va Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

BMT, Yevropa ittifoqi, YeXHT va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi bildirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid