Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyadagi Nestle fabrikasida yarim tonna kokain topildi
Nestle Nespresso xodimlari politsiyaga Braziliyadan keltirilgan qoplardan «noma’lum oq tusdagi modda» topilganini xabar qilgan.
Shveytsariyaning Romon kommunasidagi Nestle Nespresso fabrikasidagi konteynerda qahva donlari uchun mo‘ljallangan qoplarga yashirilgan qiymati 50,65 mln dollar bo‘lgan 500 kiloga yaqin kokain topildi. Bu haqda mahalliy politsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, kompaniya xodimlari politsiyaga Braziliyadan keltirilgan qoplardan «noma’lum oq tusdagi modda» topilganini xabar qilgan. Ekspertiza uning kokain ekanligini aniqlagan.
Politsiya kokain Yevropa bozori uchun mo‘ljalannganini taxmin qilmoqda.
26 aprel kuni Estoniyaning Muuga portida 3,5 tonna kokain topilgandi.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
23:08 / 24.04.2025