Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda barcha davlat organlari va kompaniyalaridagi import kompyuterlar mahalliy kompyuterlarga almashtiriladi
Xitoyning bu qarori AQShning HP va Dell kompaniyalari savdosiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Xitoy hukumati davlat organlari va korporatsiyalaridan ikki yil ichida import kompyuterlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga almashtirishni talab qildi. Bu haqda Bloomberg o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Xodimlardan xorijda ishlab chiqarilgan kompyuterlarni topshirish so‘ralgan. Ularning o‘rniga Xitoyda ishlab chiqarilgan, mahalliy operatsion tizimda ishlaydigan kompyuterlar beriladi, degan manbalar. Qayd etilishicha, birgina mahalliy hukumat miqyosida 50 millionga yaqin kompyuterni almashtirishga to‘g‘ri keladi.
Xitoyning bu qarori AQShning HP va Dell kompaniyalari savdosiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ular Xitoy bozorida sotuvlar bo‘yicha mahalliy Lenovo kompaniyasidan keyingi o‘rinlarda turadi.
Ushbu xabardan so‘ng Lenovo va Xitoyning boshqa texnologik kompaniyalari aksiyalari narxi ko‘tarilgan.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025