O‘zbekiston | 13:39 / 07.05.2022
4743
3 daqiqa o‘qiladi

VEON mamlakatning IT-xizmatlar bo‘yicha eksport markaziga aylanishida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlaydi

Foto: VEON

Kelgusi besh yil ichida kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash uchun $250 million sarmoya kiritiladi.

O‘zbekiston – 2022 yil 7 may VEON Ltd. (NASDAQ: VEON, Euronext Amsterdam: VEON) mobil aloqa va xizmatlarni taqdim etuvchi global raqamli operator mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishni ko‘paytirish rejalarini e’lon qildi. Aloqa infratuzilmasi va raqamli xizmatlar ekotizimini rivojlantirish uchun har yili 50 million dollar ajratiladi, ya’ni keyingi besh yil ichida sarmoyalarning umumiy miqdori $250 milliondan oshadi. Bu bilan “Beeline Uzbekistan”ning zamonaviy raqamli xizmatlaridan butun mamlakat bo‘ylab aholi foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Foto: VEON

Bu haqda VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov bilan uchrashuvida ma’lum qilindi.

Foto: VEON

2006 yildan buyon 9 ta davlatda qariyb 220 million abonentga xizmat ko‘rsatuvchi va o‘zining Beeline operatsion kompaniyasi orqali O‘zbekistonga xizmat ko‘rsatayotgan VEON Group nafaqat o‘zbekistonlik IT-mutaxassislarini ish bilan ta’minlash, balki ish o‘rinlari soni va eksport hajmini oshirishga, MDH davlatlari va uzoq xorijga axborot texnologiyalari xizmatlarini ko‘rsatishda ham yordam beradi.

Foto: VEON

Xususan, xorijiy kompaniyalar uchun IT-xizmatlarini sinovdan o‘tkazish yo‘nalishini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Beeline Uzbekistan shu’ba korxonasi BeeLab sinovchilarni yollash orqali, ushbu loyihani amalga oshiradi.

“Raqamlashtirish zamonamizda iqtisodiy o‘sishning asosiy manbasidir va iqtisodiyot barqaror o‘sishi ularning raqamli ekotizimlarni rivojlantirishdagi muvaffaqiyatiga bog‘liq – nafaqat aniq raqamli ilovalar, balki ularni ishlab chiqaruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi malakali mutaxassislarga ham bog‘liq”, – dedi VEON bosh direktori Kaan Terzioglu. “Ushbu shartnoma bilan biz kelajagimizni O‘zbekiston ravnaqi bilan bog‘laymiz. VEON xodimlarni o‘qitish va zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishda yordam berishga tayyor. Bu O‘zbekistonga mustaqil axborot texnologiyalari markaziga, o‘z iqtisodiyoti uchun muvaffaqiyatli raqamli mahsulotlarni yaratuvchi, shuningdek, hududiy texnologiya markaziga aylanish imkonini beradi – bularning barchasi, albatta, yuqori malakali mutaxassislar ko‘magida amalga oshiriladi”.

Foto: VEON

Mavzuga oid