O‘zbekiston | 07:39 / 09.05.2022
6647
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ta’sischining mulkini talon-toroj qilgan MChJ rahbari aniqlandi

Foto: Sputnik

Sergeli tumanida ta’sischining mulkini talon-toroj qilgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, “S.I.” MChJ sobiq rahbari S.R. o‘ziga ishonib topshirilgan 8 dona qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi uskunalarini MChJ ta’sischisi xorij fuqarosi T.ning o‘z yurtiga ketganligidan foydalanib 22 000 AQSh dollariga sotib yuborib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarda aytilishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid