Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2022 yil birinchi choragida 37 ta yangi fotoradar hamda kameralar ishga tushirildi (ro‘yxat)
Ularning 4 tasi intellektual kuzatuv kameralari bo‘lib, xavfsizlik kamarini taqmaslik yoki telefondan foydalanganlik holatini aniqlaydi, qolgan 33 ta fotoradar esa harakat tezligini nazorat qiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 2022 yilning birinchi choragida o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilgan manzillari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, respublika hududidagi avtomobil yo‘llarida 2022 yil birinchi choragida jami 37 ta yangi fotoradar hamda kuzatuv kameralari ishga tushirilgan. Ulardan 4 tasi xavfsizlik kamarini taqmaslik yoki haydovchilarning telefondan foydalanganlik holatini aniqlovchi kuzatuv kamerasi, 33 tasi esa harakat tezligini belgilangan me’yordan oshirib yuborganlik holatini aniqlovchi fotoradar qurilmalari hisoblanadi.
Yangi ishga tushirilgan fotoradar hamda kuzatuv kameralari hududlar kesimida quyidagicha:
- Surxondaryo viloyatida – 10 ta;
- Xorazm viloyatida – 7 ta;
- Qashqadaryo viloyatida – 5 ta;
- Toshkent shahrida – 5 ta;
- Farg‘ona viloyatida – 4 ta;
- Toshkent viloyatida – 4 ta;
- Buxoro viloyatida – 2 ta.
O‘zbekiston hududida 2022 yil birinchi choragida yangi o‘rnatilgan fotoradar hamda intellektual kuzatuv kameralari aniq manzili va qoidabuzarlik turlari bo‘yicha ro‘yxati.
Mavzuga oid
11:18 / 07.03.2022
Respublika hududida fevral oyida ishga tushirilgan fotoradarlar to‘g‘risida ma’lumot berildi
11:40 / 09.08.2021
Iyul oyida ishga tushirilgan onlayn ishlovchi fotoradar va kameralar to‘g‘risida ma'lumot berildi
12:07 / 16.06.2020
Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘lda dam olish kunlari fotoradarlar orqali 2 218ta qoidabuzarlik aniqlandi
08:15 / 22.10.2019