Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Electronic Ars FIFA bilan 30 yillik hamkorlikni to‘xtatmoqda
Amerikaning Electronic Ars (EA) korporatsiyasi 30 yillik faoliyatdan so‘ng Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bilan hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar berdi Financial Times.
Foto: Reuters
Nashrning yozishicha, uzoq muddatli va foydali hamkorlikning to‘xtatilishiga tomonlar o‘rtasida FIFA brendidan foydalanish uchun litsenziya narxi bo‘yicha kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan.
EA 1993 yildan beri FIFA deb nomlangan sport simulyatori yo‘nalishida videoo‘yinni chiqarib keladi. FIFA 23 seriyadagi so‘nggi o‘yin bo‘ladi: 2023 yil yozida bo‘lib o‘tadigan ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin o‘yin nomi EA Spors FC deb o‘zgartiriladi.
Financial Times nashrining yozishicha, o‘yin mazmuni asosan o‘zgarishsiz qoladi: asosiy ligalar, turnirlar, klublar va sportchilar saqlanib qoladi.
Nashrning qayd etishicha, FIFA Electronic Ars bilan hamkorlikda yiliga 150 million dollarga yaqin daromad oladi – bu mablag‘ har to‘rt yilda bir marta bo‘lib o‘tadigan erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keladigan foydadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Mavzuga oid
20:46 / 25.03.2025
Blatter va Platini moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha yana oqlandi
21:00 / 12.03.2025
FIFA Jahon Kubogini isloh qilib, ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazmoqchi
14:44 / 17.12.2024
FIFA Ukraina xaritasini Qrimsiz ko‘rsatganidan «afsusda»
20:53 / 11.12.2024