Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pavel Durov millionlab qashshoqlar ovqatlanishi uchun xayriya berdi
Durovning so‘zlariga ko‘ra, jahon global oziq-ovqat inqirozi ostonasida turibdi va dunyo bo‘ylab millionlab insonlar ochlikdan aziyat chekmoqda.
Foto: Getty Images
Telegram asoschisi Pavel Durov «Bir milliard tushlik» xayriya aksiyasi doirasida 12 mln kishiga tushlik sotib olish uchun pul berdi. U bu haqda o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Durovning so‘zlariga ko‘ra, jahon global oziq-ovqat inqirozi ostonasida turibdi va dunyo bo‘ylab millionlab insonlar ochlikdan aziyat chekmoqda.
Uning bildirishicha, aynan ushbu muammoni yumshatish uchun BAA hukumati yuqoridagi aksiyani boshladi.
«Yuzlab kishilar qatnashdi. Ushbu kampaniya muallifi Shayx Muhammad 400 millionta tushlikka, men esa kamtarona 12 million tushlikka pul berdim», – deb yozdi Durov.
Shu bilan birga, Telegram asoschisi bu maqsad uchun qancha mablag‘ ajratganini ma’lum qilmadi, ammo keyinchalik bu tashabbusga yanada ko‘proq kishilar qo‘shilishiga umid bildirdi.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
20:25 / 20.05.2025
Fransiya Pavel Durovning AQShga borishiga ruxsat bermadi
12:55 / 19.05.2025
Telegram asoschisi Ruminiyada senzura joriy etishdan bosh tortdi
20:18 / 08.05.2025