Jahon | 16:30 / 11.05.2022
11520
1 daqiqa o‘qiladi

Peskov Rossiyada harbiy holat joriy etilishi to‘g‘risidagi savolga javob berdi

AQSh milliy razvedkasi rahbari Avril Heyns Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda harbiy holat joriy qilishi mumkinligini aytgan.

Foto: Eduard Korniyenko / URA.RU / TASS

Rossiyada yoki mamlakatning alohida regionlarida harbiy holat joriy etish rejalashtirilmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Yo‘q, bunday reja yo‘q", - dedi Peskov jurnalistlarning Rossiya hududida harbiy holat joriy etish rejalashtirilgani to‘g‘risidagi savoliga javoban.

Avvalroq AQSh milliy razvedkasi rahbari Avril Heyns senatdagi tinglovlarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda harbiy holat joriy qilishi mumkinligini aytgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevralda Ukrainada “maxsus operatsiya” boshlanganini e’lon qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid