Surxondaryoda vagon g‘ildiragi orasiga yashirilgan 1,7 kilogramm giyohvand moddalar fosh qilindi
Giyohvand moddalarni hujjatlarda bo‘sh deb ko‘rsatilgan vagon g‘ildiraklari orasidan xizmat iti topib bergan.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, “Ayritom” chegara bojxona postida viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamda DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda bojxona xizmati kichik inspektor-kinologiga biriktirilgan xizmat iti yordamida giyohvandlik vositasining navbatdagi yashirin aylanmasi fosh qilingan.
“Ayritom” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib temiryo‘l yuk vagonlari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, hujjatlarga ko‘ra bo‘sh deb ko‘rsatilgan yuk vagonlaridan birining g‘ildiraklari orasiga yashirilgan 2 ta sellofan o‘ramdagi 1 kilogramm 50 gramm «gashish» va 705 gramm og‘irlikdagi «opiy» giyohvandlik moddalari borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning birinchi choragi davomida Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda bojxona postlari orqali kirib kelayotgan va ichki hududlarda noqonuniy muomalada bo‘lgan jami 141 kilogramm 470 gramm giyohvandlik moddalari va 610 dona giyohvandlik hamda psixotrop tabletkalar to‘xtatib qolingan.
Mavzuga oid
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024