Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
44ta davlat mulki obekti madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladi
Vazirlar Mahkamasining “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki obektlari ro‘yxati tasdiqlanadi.
Madaniyat vazirligi tomonidan 2019-2020 yillar davomida 10ta (qiymati 50 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan) madaniyat muassasalari davlat-xususiy sheriklik asosida tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan.
Belgilab qo‘yilishicha:
Madaniyat vazirligi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari bilan tuzilgan va bitim tuzish jarayonida bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik loyiha bitimlari o‘rnatilgan tartibda mahalliy ijro etuvchi hokimliklarga topshiriladi hamda davlat sherigi mahalliy ijro etuvchi hokimliklar deb talqin qilinadi;
mahalliy ijro etuvchi hokimliklar madaniyat va san’at muassasalarida davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha belgilangan vazifalar o‘rnatilgan tartibda amalga oshirilishini nazorat qiladi hamda loyihalarni amalga oshirishda shaxsan mas’ul ekanligi belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
har yili 1 fevralga qadar davlat-xususiy sheriklik shartlarida madaniyat va san’at muassasalarining binolarini qurish uchun bepul asosda doimiy foydalanishga ajratilishi mumkin bo‘lgan yer uchastkalarini aniqlab, ularning tasdiqlangan ro‘yxatlarini Madaniyat vazirligiga taqdim etadi;
davlat-xususiy sheriklik asosida madaniyat va san’at muassasalarini qurilishi belgilangan hududlarda barcha zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi (elektr energiyasi, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kanalizatsiya, avtomobil yo‘llari va boshqalar) bilan ta’minlaydi.

Mavzuga oid
15:43 / 01.05.2025
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
18:38 / 28.04.2025
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi
15:03 / 15.03.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi
16:54 / 12.02.2025