Chet el fuqarolarini O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibi e’lon qilindi
Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Belgilanishicha:
chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish uchun Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (vakolatli davlat organi)ga murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali amalga oshiriladi;
bunda, vakolatli davlat organi tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni xorijdan taklif qilish uchun vakolatli davlat organiga an’anaviy tarzda murojaat qilish bo‘yicha davlat xizmati tartibi ham saqlab qolinadi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga ko‘ra, davlat xizmati YaIDXP orqali Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi.
Ma’muriy reglament chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish uchun elektron murojaatlarni avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish, ko‘rib chiqish jarayonida tizim ishtirokchilarining muayyan vazifalarini belgilaydi, xususan:
avtomatlashtirilgan tizimga kiritilgan ma’lumotlarga ishlov berish, saqlash va ulardan foydalanish hamda murojaat holati monitoringini yuritish;
avtomatlashtirilgan tizim doirasida jalb etilgan vazirliklar va idoralar axborot tizimlari o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashish;
jismoniy shaxslar elektron talabnomalarini identifikatsiya qilish;
tegishli statistik ma’lumotlarni shakllantirish va monitoring olib borish.
Murojaat etuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish uchun vakolatli organga o‘z xohishiga ko‘ra YaIDXP orqali elektron raqamli imzodan foydalanib ro‘yxatdan o‘tgan holda elektron tarzda murojaat etadi.
Bunda, murojaat etuvchi YaIDXP orqali chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish uchun vakolatli organga murojaat etish bo‘yicha elektron shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi hamda “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan miqdorda davlat boji to‘lovini amalga oshiradi. Davlat boji to‘lovlari amalga oshirilgani yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Vakolatli organ tomonidan so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida tekshiriladi.
Vakolatli organ tomonidan o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra ijobiy deb topilgan so‘rovnoma Davlat xavfsizlik xizmatiga yuboriladi.
Davlat xavfsizlik xizmati yetti ish kun ichida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston hududiga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida elektron tizim orqali fikrini beradi.
Vakolatli organ tomonidan o‘rnatilgan tartibda talabnoma shakllantirilgandan so‘ng murojaat etuvchiga bir ish kuni davomida QR-kod bilan himoyalangan taklifnoma rasmiylashtiriladi va YaIDXP orqali murojaat etuvchiga taqdim etiladi.
Mavzuga oid
12:06 / 18.11.2024
O‘zbekistonlik davlat xizmatchilari Oksfordda malaka oshirishi mumkin
16:00 / 21.10.2024
Yana to‘rtta vazirlikning 160 xodimi tadbirkorlik qilayotgani ma’lum bo‘ldi
22:14 / 19.10.2024
“Pora olish kamayib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilish ortgan” - Akmal Burhonov
16:47 / 26.09.2024