Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ovchilar jamoat birlashmalari jamoat xavfsizligini ta’minlashda davlat organlariga ko‘maklashadi
Vazirlar Mahkamasining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida ovchilar jamoat birlashmalari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida ovchilar jamoat birlashmalarining mutasaddi davlat organlariga ko‘maklashish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini tizimli tashkillashtirish va zamonaviy ish uslublarini amalga oshirish yuzasidan takliflari ma’qullanadi.
Quyidagilar ovchilar jamoat birlashmalarining jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:
ovchilik xo‘jaliklarida va ularga tutash hududlarda shubha uyg‘otuvchi shaxslar bo‘lishini, ular tomonidan qurol-aslaha, giyohvandlik vositalari, boshqa taqiqlangan ashyolarni olib o‘tish yoki yashirib qo‘yish, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa holatlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha vakolatli davlat organlariga amaliy yordam ko‘rsatishda ishtirokini kengaytirish;
fuqarolarni ov quroli bilan muomalada bo‘lish va undan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish va tizimini takomillashtirish;
stendga o‘q otish, ovchilik biatloni kabi sport harbiy-amaliy turlarini rivojlantirishda, ushbu sport turlari bilan shug‘ullanish uchun zarur moddiy-texnik baza va infratuzilmani yaratishda, ovchilik-sport klublari tizimini shakllantirishda qatnashish;
sport o‘q otish turlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni, birinchi navbatda yoshlarni aniqlashda, ularni tayyorlash va o‘quv-mashq jarayonini samarali tashkil etishda sport tashkilotlariga ko‘maklashish;
hayvonlar va inson uchun xavfli kasalliklar tarqatuvchilari bo‘lgan, odamlarga hujum qiladigan, qishloq va uy hayvonlarini qirib tashlaydigan yovvoyi va qarovsiz qolgan hayvonlar sonini tartibga solish va yo‘q qilish tadbirlarida qatnashish;
davlat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari bilan jamoat xavfsizligini ta’minlashga hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorlik darajasini kuchaytirish.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi:
qaror talablarini amalga oshirish mexanizmini belgilaydigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlaydi va sifatli bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatadi;
O‘zbekiston ovchi va baliqchilar sport birlashmasi va uning mintaqaviy tuzilmalari bilan birgalikda ovchilik xo‘jaliklari hududida qo‘shma reydlar va boshqa profilaktik tadbirlarini tajribali havaskor ovchilarni jalb etgan holda doimiy ravishda o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yadi.
Mavzuga oid
11:05 / 09.12.2024
Qari hayvonlar yoshlariga tirik qolishni o‘rgatadi. Olimlar ularni ovlamaslikka chaqirmoqda
16:02 / 20.11.2024
Varshava ko‘chalaridagi o‘limlar 2 barobarga kamaytirildi: qanday qilib?
09:42 / 25.07.2024
Noqonuniy ovchilik bilan shug‘ullangan qariyb 300 kishi jarimaga tortildi
21:05 / 29.03.2024