O‘zbekiston | 09:07 / 12.05.2022
1239
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tumanida «Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi quriladi

Prezidentning “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Toshkent viloyati Toshkent tumanidan Qozog‘iston bilan chegaradosh yer maydonlarida “Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” maxsus sanoat zonasini (“Markaziy Osiyo” XSKM) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.

Quyidagilar “Markaziy Osiyo” XSKMning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilanadi:

To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, tashqi bozorlarda talab etilayotgan va import o‘rnini bosuvchi, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish;

mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish hamda “Markaziy Osiyo” XSKM ishtirokchilari o‘rtasida va umuman ikki tomon sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish;

logistika xizmatlari ko‘rsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, sanoat sohasidagi ishlab chiqarish sub’yektlariga ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda ko‘maklashish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo‘yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish va ular xulosalari xalqaro darajada e’tirof etilishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tomonlar ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishini ta’minlash.

Belgilanishicha:

“Markaziy Osiyo” XSKZ faoliyati davomida uning hududida alohida soliq, bojxona va valuta tartibotlari amal qiladi;

“Markaziy Osiyo” XSKZ hududida O‘zbekiston Soliq kodeksi, “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonuni bilan belgilangan imtiyoz va yengilliklar amal qiladi;

investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer maydonlarini ajratish O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 21 dekabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq elektron onlayn-auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid