Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple va Google o‘z do‘konlaridagi 1,5 milliondan ortiq ilovani o‘chirib tashlaydi
Ikki yildan buyon yangilanmagan ilovalar Google Play do‘konida 869 mingtani, App Store do‘konida esa 650 mingtani tashkil etadi.
Android va iOS uchun mo‘ljallangan 1,5 mln ilova ikki yildan buyon yangilanmagani uchun Google va Apple raqamli do‘konlaridan o‘chirib tashlanadi. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Pixalate ekspertlarining so‘zlariga ko‘ra, bunday ilovalar Google Play do‘konida 869 mingtani, App Store do‘konida esa 650 mingtani tashkil etadi.
Qayd etilishicha, «unutilgan» ilovalarning aksariyatini ta’limga oid ilovalar, spravochniklar va o‘yinlar tashkil etadi.
Aprel oxirlarida Apple kompaniyasi eskirgan ilovalarni App Store’dan o‘chirib tashlashini e’lon qilgandi. Google esa yangilanmagan ilovalarni qidiruvda chiqmaydigan qilib yashirib qo‘yadi.
Ta’kidlanishicha, eskirgan ilovalarni buzib kirish oson bo‘lib, bu smartfonlar egalari uchun xavf tug‘diradi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
23:45 / 05.05.2025