O‘zbekiston | 11:32 / 13.05.2022
10903
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorni qancha siylasak, u xalqni shuncha siylaydi – Shavkat Mirziyoyev

Farg‘onadagi yig‘ilish chog‘ida davlat rahbari ishbilarmonlarga yangi imkoniyatlar yaratilayotgani haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Meni bir savol qiynaydi – qachon xalqimiz banklarimizdan rozi bo‘ladi? Bugun tadbirkorlarimiz har qachongidan ham e’tiborga, ko‘makka muhtoj. Jahondagi vaziyatni ko‘ryapsizlar, biz nihoyatda ehtiyotkor bo‘lishimiz, aql bilan ish tutishimiz, iqtisodimizni saqlab qolish va ko‘tarish uchun tinimsiz harakat qilishimiz kerak. Tadbirkorni qancha siylasak, u xalqni shuncha siylaydi. Chunki tadbirkorlarimiz ham shu yurtning farzandlari, ularning ishi rivoj topsa, xalqimiz manfaat topadi.

Tadbirkorlarimizni turli byurokratik to‘siqlar, bosimlardan himoya qilishda biznes-ombudsmanning roli katta. Farg‘onada ham muammolar bor, Savdo sanoat palatasi, biznes-ombudsman va boshqa mutasaddilar yig‘ilishdan keyin qolib, tadbirkorlar bilan uchrashishlari, ularni qiynayotgan masalalarga yechim izlashlari kerak”, – dedi prezident viloyat sessiyasida.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid