Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliyada Abramovichning qiymati 10 mln yevrolik uyi xatlovga olindi
Xabar qilinishicha, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan 15 kun avval Roman Abramovich holdingiga qarashli Millhouse Views LLC kompaniyasi bu uyni sotishga uringan.
Portugaliyaning Algarvi regionida rossiyalik oligarx Roman Abramovichning qiymati 10 mln yevrolik uyi xatlovga olindi, deb xabar berdi Público gazetasi.
Nashrning ma’lumot berishicha, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan 15 kun avval Abramovich holdingiga qarashli Millhouse Views LLC kompaniyasi bu uyni sotishga uringan, biroq Portugaliyaning Caixa Geral de Depósitos davlat bank korporatsiyasi bu haqda politsiyaga xabar bergan.
Portugaliya tashqi ishlar vazirligi talabi bilan ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish muzlatib qo‘yilgan.
Roman Abramovich Yevroittifoq va Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.
Aprel o‘rtalarida Britaniya Jyersi oroli sudi Abramovichning 7,3 mlrd dollarlik aktivlarini muzlatib qo‘ygandi. Bundan tashqari, Fransiya hukumati milliarderning Rivera orolidagi 120 mln dollarlik uyini musodara qilgan.
Mavzuga oid
11:32 / 19.05.2025
Portugaliyada o‘ng markazchilar navbatdan tashqari saylovlarda g‘alaba qozondi
19:50 / 16.05.2025
Portugaliyada cherkovning qulagan devorlari orasidan 12 ta skelet topildi
21:57 / 04.05.2025
Portugaliya 18 mingga yaqin noqonuniy migrantni mamlakatdan chiqarib yuboradi
17:12 / 28.04.2025